Ijtimoiy tarmoqlarda “Namangan viloyati Popda ayanchli Yo‘l Transport Xodisasi” sarlavhasi bilan tarqalgan xabar yuzasidan Namangan viloyati IIBning rasmiy ma'lumoti.
Joriy yil 17 fevral kuni soat 02:00 larda, 4R112 “Farg‘ona xalqa” avtomobil' yo‘lining 6km chorrahasida 2000 yilda tug‘ilgan, Qashqadaryo viloyatida yashovchi fuqaro “Isuzu” rusumli avtomashinasini tegishli xujjatlar bilan Namangan-Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib borayotib, chorrahada svetoforning taqiqlovchi qizil chirog‘ida harakatlanib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmasdan chorrahani kesib o‘tayotgan 1990 yilda tug‘ilgan Namangan viloyatida yashovchi fuqaro boshqaruvida bo‘lgan Damas rusumli avtomashinasiga borib urilib, yo‘l transport hodisasi sodir etgan. Natijada Damas avtomashinasi yo‘lning chap tomoniga chiqib ag‘darilib ketgan.
Hodisa oqibatida Damas avtomashinasida bo‘lgan ikki nafar yo‘lovchi vafot etgan. Haydovchi va bir yo‘lovchi tan jarohati olgan. Isuzu haydovchisi va undagi yo‘lovchi ham shifoxonaga yotqizilgan.
Holat yuzasidan Namangan viloyati IIB YHXB mas'ullari voqea sodir bo‘lgan hududda yengil va yuk avtomashinalari haydovchilari bilan keng muhokama o‘tkazishdi. unda sodir bo‘lgan hodisaga sabab bo‘lgan omillar haqida ma'lumotlar berilib, haydovchilar ogohlikka chaqirildi. Shuningdek, rul boshqarishdan oldin avtomashina texnik soz, haydovchi esa xushyor xolda bo‘lishi, belgilangan tartib-qoidalarni xurmat qilishi talab etildi. Aks holda shu kabi ayanchli vaziyat yuzaga kelishiga sababchi bo‘lib qolish mumkinligi tushuntirildi.
Hozirda mazkur xolat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan tergovga qadar tekshiruv xarakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati