17 Fevral 2022 yil 521

Ijtimoiy tarmoqlarda “Namangan shahri Navoi ko‘chasida PPX xodimining avtomashinasi va Jiguli Vaz-2107 ishtirokida YTH” izohi bilan tarqalgan xabar yuzasidan Namangan viloyati IIBning rasmiy munosabati.

Joriy yilning 17 fevral' kuni soat 02:00larda, Namangan shahar A.Navoiy ko‘chasiga xizmatga jalb etilgan viloyat IIB Patrul'-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi bo‘linmalari, saf bo‘linmalari, patrul'-post xizmati batal'oni 2-otryad haydovchi-xodimi xizmat yo‘nalishida boshqaruvida bo‘lgan Neksiya-2 rusumli xizmat avtomashinasida Namangan shahar A.Navoiy ko‘chasida harakatlanib ketayotgan vaqtida Namangan shahrida yashovchi 1998 yilda tug‘ilgan fuqaro Vaz-2107 jiguli avtomashinasini tegishli xujjatlarsiz boshqarib kelib, xodimning boshqaruvidagi avtomashinaning orqa qismiga urgan.

Natijada har ikki avtomashina yengil shikastlangan.

Xodisada jarohat olganlar yo‘q.

Hozirda holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech