17 Fevral 2022 yil 662

Ijtimoiy tarmoqlarda “Namangan shahar, Nurobodda daxshatli YTH” izohi bilan tarqalgan xabar yuzasidan Namangan viloyati IIBning rasmiy ma'lumoti

Joriy yil 17 fevral kuni soat 09:30lar atrofida “Namangan- Kosonsoy” 4R112 avtomobil yo‘lining 5 km.da 1993 yilda tug‘ilgan fuqaro Neksiya rusumli avtomobilini Namangan - Kosonsoy yo‘nalishi tomon boshqarib ketayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, quvib o‘tish qoidasini buzib qarama-qarshi yo‘ldan kelayotgan 1996 yilda tug‘ilgan fuqaro boshkaruvida bo‘lgan VAZ 2106 avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Natijada Neksiya avtomobili haydovchisi “o‘ng tizza qopqog‘i” sinishi tashxisi bilan, VAZ 2106 avtomashinasi haydovchisi esa “chap boldir suyagining yopiq sinishi” tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Shuningdek, VAZ 2106 avtomashinasi salonida bo‘lgan yo‘lovchi “bosh miya chayqalishi” tashxisi bilan shifoxonaga yotkizilgan.

Hozirda holat yuzasidan Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmokda.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech