6 Fevral 2022 yil 702

Ijtimoiy tarmoqlarda “Namangan shahar Moshina bozorida qandaydur ishkal bo‘lganligi aks etgan video kelib tushdi. Hozirda janjal nimadan kelib chiqgani bizga noma'lum” izohi bilan tarqalgan video yuzasidan Namangan viloyati IIBning rasmiy munosabati.

Yangi Namangan tumanida yashovchi 1984 yilda tug‘ilgan, avtomashina savdosi bilan shug‘ullanuvchi fuqaro o‘ziga tegishli bo‘lgan “Spark” rusumli avtomashinasini sotish maqsadida Yangi Namangan tumani, “Kelajak tongi” MFYda joylashgan avtomashinalar sotish bozoriga borgan vaqtida, bozor atrofida yuzaga kelgan tirbandlik tufayli o‘zidan oldinda turgan “Tiko” rusumli avtomashina haydovchisi, Chortoq tumanida yashovchi 1987 yilda tug‘ilgan, muqaddam 2009 yilda JKning 166-moddasi bilan sudlangan, avtomashina ta'mirlash ishlari bilan shug‘ullanuvchi fuqaro bilan o‘rin-joy talashib, baqir-chaqir qilib, atrofdagilarni o‘ziga tortib, bir-birlari bilan o‘zaro og‘zaki ravishda tortishishgan.

Tortishuv davomida biror bir kishi tan-jaroxati olmagan va shikastlanish belgilari aniqlanmagan.

Mazkur tortishuv atrofdagi fuqarolar tomonidan uyali aloqa vositalarida videotasvirga olinib, ijtimoiy tarmoqlarga chiqarib yuborilgan.

Xozirda ushbu xolat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech