Ijtimoiy tarmoqlarda "Namangan shahar 44 maktab direktori Egamberdiev Islomjon Arabovich diniy qatlam vakillarini haqoratlaydigan, muqaddas Qur'onni kamsituvchi hamda fuqarolar o‘rtasida diniy nizo keltirib chiqarishga sabab bo‘luvchi haqoratomuz gaplar aytib maktab majlisida chiqish qilgani aytilmoqda" izohi bilan tarqalgan xabar yuzasidan Namangan viloyati IIBning rasmiy munosabati
I.A. Egamberdiev 2022 yilning 1 mart kuni Namangan shahar XTBga qarashli maktabda soat 10:30 lar chamasida sinflarning kunlik davomadini tekshirib yurgan vaqtida, mazkur maktabning 10-sinf xonasiga kirgan vaqtida, jami 30 nafar o‘quvchidan 17 nafari darsga qatnashayotganligi, 13 nafari sababsiz darsda ishtirok etmayotganligi uchun o‘quvchilar bilan sinf rahbari Imomqulova Nilufar hamda maktab direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Nurmatova Dilbarxonlar ishtirokida tarbiyaviy suhbat o‘tkazgan. Subat jarayonida o‘quvchilarning darsga o‘z vaqtida maktab formasida kelishi, diniy libosda darsda ishtirok etmaslik to‘g‘risida tushuntirishlar bergan.
I.A.Egamberdiev yuqoridagi fikrlari bilan diniy ulamolar hamda xalq orasida nizo chiqarish maqsadida gapirmaganligi, Konstitusiyaga binoan fuqarolarning 11 yillik uzuluksiz ta'lim olishini xohlashi, dars jarayonida o‘quvchilar soni kam bo‘lganligi sababli yoshlarning kelajagiga befarq bo‘lmaganligi uchun kuyunib gapirganligini ma'lum qildi.
Hozirda I.A.Egamberdiev tomonidan internet ijtimoiy tarmoqlarida diniy nizo keltirib chiqarishga sabab bo‘luvchi haqoratomuz aytgan gaplari yuzasidan Namangan viloyati XTBning matbuot xizmati orqali “Raddiya” berish choralari ko‘rilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati