16 Dekabr 2021 yil 634

Ijtimoiy tarmoqlarda “Ichki ishlarga murojaat, aholi aziyat chekmoqda, chorani kim belgilaydi...” izohi bilan tarqalgan xabar yuzasidan Namangan viloyati IIBning rasmiy munosabati.

2020 yil 21 iyun' kuni Chortoq tumanida yashovchi Sh.T. shu tumanda yashovchi I.J.ga tegishli bo‘lgan “Avtomashina yuvish shahobchasi”da ishlab yurgan vaqtida fuqaro A.R. “Jentra” rusumli avtomashinasini yuvish uchun berganida Sh.T. “Jentra” rusumli avtomashinani boshqarib, avtomashinani simyog‘ochga urib,  yo‘l-transport hodisasi sodir etishi natijasida avtomashina shikastlangan. Shikastlangan avtomashinani “Avtomashina yuvish shahobchasi”  rahbari I.J. ta'mirlab bergan.

Shundan so‘ng Sh.T. I.J.ga pullarni to‘lash uchun o‘zini nomiga ATB Mikrokreditbank Chortoq filialidan tikuvchilikni rivojlantirish bo‘yicha 21.050.000 so‘m kredit olib, ushbu pullarni I.Jdan bo‘lgan qarzlari evaziga bergan.

2021 yil 13 sentyabr' kuni fuqaro Sh.T.ning onasi O.M. tuman IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda 2020 aprel' oyida I.J. Sh.T.ni nomiga ATB Mikrokreditbank Chortoq filialidan 21.050.000 so‘m o‘zini nomiga 21.153.000 so‘m pullarni olib hozirga qadar qaytarmaganligini ma'lum qilib, I.J.dan pullarini olishda amaliy yordam berishni so‘rab, ariza bilan murojaat qilgan.

I.J. 2021 yil 22 sentyabr' kuni soat taxminan 15:30 larda tumandagi Avtomaktab oldida Sh.T.ni ko‘rib qolib, unga “nega onang bilan birgalikda meni IIB xodimlariga yozib berding” deb, qo‘li bilan bir marotaba yuz qismiga urib tan jarohat yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Chortoq tuman IIB XPMB profilaktika inspektori tomonidan fuqaro Sh.T.ni badanida tan jarohatlari bor yoki yo‘qligini aniqlash maqsadida sudga-oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.

Sudga-oid tibbiy ekspertizaning 29.09.2021 yildagi xulosasida fuqaro Sh.T.ning badanida tan jarohatlari aniqlanmaganligi ko‘rsatilganligini inobatga olib, to‘plangan hujjatlar yuzasidan Chortoq tuman IIB XPMB profilaktika inspektori tomonidan 02.10.2021 yilda fuqaro I.J.ning harakatlarida jinoyat hamda ma'muriy huquqbuzarlik alomatlarini aniqlanmaganligi sababli O‘zbekiston Respublikasi JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad etish haqida qaror qabul qilingan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati 

Text to speech