13 Aprel 2021 yil 1257

Ijtimoiy tarmoqlarda “Dindorlarga qarshi qatag‘on Namangan viloyatida davom etadi” izohi bilan tarqalgan xabar yuzasidan Namangan viloyati IIBning rasmiy munosabati

2021 yil 8 aprel kuni Yangiqo‘rg‘on tumanidagi XTBga qarashli 10-sonli maktab tomonidan tuman IIBga yuborilgan aloqa xatida, bayon qilinishicha, unga ko‘ra maktabda avvaliga 5 nafar, oxirgi kunlarda 10 nafar qizlar belgilangan tartibdagi maktab formasini kiyib yurish qoidalariga rioya qilmayotganliklari, ularga bir necha marotaba maktab formasida, lozim bo‘lsa, oddiy ro‘mol o‘rab kelishlari to‘g‘risida tushuntirilganligi, biroq, ota-onalar ham, qizlar ham maktabning ichki tartib-qoidalariga rioya qilmayotganliklari ma'lum qilingan.

Tuman IIB HPB XQMB katta inspektori tomonidan 10 aprel kuni ushbu maktabda targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borish maqsadida 9-10-11-sinflar o‘rtasida jinoyat sodir etilishini oldini olish yuzasidan muhokama yig‘ilishi tashkil etilgan.

Muhokama davomida aloqa xatida ko‘rsatilgan qizlar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 avgust kungi 666-sonli Qarorida
“Davlat umumiy o‘rta ta'lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan nizomning 3-bobi (“Ta'lim muassasasi o‘quvchilarini zamonaviy maktab formasi bilan ta'minlash va ularga qo‘yilgan talablar”)ga asosan, O‘zbekistonda aholi turli millat va diniy konfessiyalar vakillaridan iboratligi hamda majburiy umumiy o‘rta ta'lim dunyoviy xarakterga egaligi munosabati bilan o‘quvchilarning maktab formasiga turli din konfessiyalari hamda submadaniyatlarga mansublikni aks ettiruvchi elementlarni (hijob, kipa, kashaya, xoch va boshqalar) qo‘shishga yo‘l qo‘yilmasligi haqida tushuntirilgan.
Suhbat yakunida o‘quvchi qizlarga ro‘mol o‘rashlari mumkinligi, biroq, maktabga belgilangan tartibda kiyinib kelishlari tushuntirib o‘tilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech