24 Dekabr 2021 yil 742

Ijtimoiy tarmoqlarda "Chustda hokimlik mashinalari daxlsiz deb e'lon qilinganmi?" izohi bilan tarqalgan xabar yuzasidan Namangan viloyati IIB YHXBning rasmiy munosabati.

Hozirda davlat raqam belgisi 50 066 DAV (avvalgi raqami 50 234 NAA) bo‘lgan Kobalt' rusumli avtomashinasini (foto va video) qayd etish moslamada aniqlangan qoidabuzarliklari uchun belgilangan 17 ta jarimalar umumiy summasi 7 626 000 so‘mni tashkil etadi.

Shuningdek, davlat raqam belgisi 50 068 DAV (avvalgi raqami 234 TAA)bo‘lgan Neksiya 3 rusumli avtomashinani (foto va video) qayd etish moslamalarida aniqlangan qoidabuzarliklariga belgilangan 15 ta jarimalar summasi 5 302 900 so‘m, hamda davlat raqam belgisi 50 234 MBA bo‘lgan Trailblazer rusumli avtomashinaning (foto va video) qayd etish moslamalarida aniqlangan qoidabuzarliklari belgilangan 10 ta jarima summasi 7 775 000 so‘m ekanligini aniqlanib, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 291-moddasi 3-qismiga ko‘ra qarzdorlik to‘la undirilgunga qadar avtomashinalar jarima maydoniga joylashtirildi.

Ayni paytda ushbu ishga mas'ul bo‘lgan inspektorlarga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech