Ijtimoiy tarmoqlarda “Chust va popdagi xaydovchilik guvoxnomasini yangilash uchun judayam katta navbat bulib ketibdi mutasaddi tashkilotga yana 1ta kabul kiladigan ishchi joyini yaratishlarini iltimos kilib kolamiz” nomli video murojaat yuzasidan Namangan viloyati IIBning rasmiy munosabati.
Ta'kidlash joizki, 23 fevral' kuni soat 14:00ga qadar 225 nafardan ziyod fuqarolar qabul qilindi. Jami 72 ta avtomototransport vositalari ro‘yxatga olindi va 163 nafar fuqarolar xaydovchilik guvoxnomasi uchun fotosuratga olingan.
Xaydovchilik guvoxnomasini almashtirish sanasi mart oyining oxirigacha etib belgilanganligi xaqidagi xabarlar sababli fuqarolar murojaati ortib bormoqda. Kunlik murojaat etib kelgan fuqarolarning xaydovchilik guvoxnomasini berilgan kuniga qarab, qo‘shimcha tarzda Namangan viloyati IIB YHXB tomonidan almashtirish muddatlari haqida tushunchalar berib borilmoqda. Bundan tashqari murojaat etuvchilarni sonini kamaytrish maqsadida qabul vaqti soat 07:30dan 20:00 gacha hamda tushlik vaqtida ham qabul davom etmoqda.
Namangan viloyati IIB YHXB xududida joylashgan ATB Agro Bank Pop tuman filialiga qarashli 4-sonli maxsus kassasi orqali 2022 yil fevravl' oyida kunlik 350-450 nafar fuqaroga xizmat ko‘rsatilib kelinmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati