15 Avgust 2021 yil 1821

Ijtimoiy tarmoqlarda “Bu yana nimasi... bizga hamma narsa mumkin” deb nomlangan video yuzasidan rasmiy munosabat

Joriy yil 31 iyul' kuni soat 18:00larda Pop tumani IIB HPB profilaktika inspektori “Guliston” MFY hududida o‘z xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtida, shu tumanda yashovchi 1971 yilda tug‘ilgan B.N. spirtli ichimlikdan mast holda o‘ziga tegishli bo‘lgan "Neksiya-2" rusumli avtomashinasini boshqarganligi aniqlangan. B.N.ning yonida bo‘lgan Pop tumanida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan ayol ko‘chada uyatli so‘zlar bilan jamoat tartibini buzib IIB xodimlarini qonuniy talablariga bo‘ysunmay faol qarshilik ko‘rsatgan, IIB xodimlari B.N.ni sodir etgan huquqbuzarligi bo‘yicha 1-sonli IIB binosiga olib kelayotgan vaqtda 1995 yilda tug‘ilgan B.N.ning o‘g‘li hamda uning tanishi Pop tumanida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan fuqarolar IIB xodimlari tomonidan boshqarib ketilayotgan "Neksiya-2" rusumli avtomashinani to‘xtashga majbur qilib, otasini olib ketilayotganligi uchun xodimlarga faol qarshilik ko‘rsatib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan buzib janjal ko‘targan. Profilaktika inspektori holat yuzasidan uning mahallasiga yondosh bo‘lgan uch nafar profilaktika inspektorlarini yordamga chaqirgan.

Profilaktika inspektorlariga qarshilik ko‘rsatgan fuqarolar Pop tuman IIBga olib kelinib, ularga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda xujjatlar rasmiylashtirilgan.

Fuqarolarni IIBga olib borish jarayonida hech kimga tan jarohati yetkazilmagan.

2021 yil 13 avgust' kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Pop tuman sudi tomonidan fuqaro B.N.ning avtotransport mashinasini mast holatda boshqarganligi uchun unga nisbatan 1 yil 6 oyga haydovchilik huquqidan mahrum etish va ba'zaviy hisoblash miqdorining 25 barobari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

Voqeada ishtirok etgan boshqa fuqarolar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183, 194-moddasi 1-qismlari bilan malakalanib, ularning har birlariga nisbatan ba'zaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida 735.000 so‘mdan jarima jazosi tayinlangan.

Pop tuman IIB HPB TP profilaktika inspektorlari tomonidan huququbuzar fuqarolarga nisbatan hech qanday noqonuniy xarakatlar sodir etilmagan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech