4 Avgust 2021 yil 1202

Ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan “Namangan shahridagi 10-oilaviy poliklinikada fuqaro shifokorni ayamasdan tagiga bosib olib do‘pposlayotganligi aytilayotgan video tarqalganligi” yuzasidan Namangan viloyati IIBning rasmiy ma'lumoti.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan “Namangan shahridagi 10-oilaviy poliklinikada fuqaro shifokorni ayamasdan tagiga bosib olib do‘pposlayotganligi aytilayotgan video tarqalganligi” yuzasidan Namangan viloyati IIBning rasmiy ma'lumoti.Video lavhada yuz bergan holat bo‘yicha 2021 yil 28 iyul' kuni Namangan shahar IIO FMB 2-son IIB navbatchilik qismiga kelib tushgan xabar asosida IIB xodimlari tomonidan voqea joyiga borilib tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilganida Namangan shahar Yangiqurilish MFYda joylashgan 10-sonli oila poliklinikasida shifokor bo‘lib ishlovchi, 1994 yilda tug‘ilgan N.K.ni oldiga Namangan shahrida yashovchi 1999 yilda tug‘ilgan B.N. va akasi 1996 yilda tug‘ilgan G.N.lar sog‘lig‘i yaxshi emasligi va tana harorati ko‘tarilib ketganligidan shikoyat qilib tibbiy yordam so‘rab kelganligi, shifokor N.K. tibbiy ko‘rikni o‘tkazib tana harorati ko‘tarilmaganligini aytganida, fuqaro 1999 yilda tug‘ilgan B.N. noto‘g‘ri tashxis qo‘yildi deb janjal ko‘tarib shifokorni urganligi aniqlangan.

Shifokorni olgan tan jarohati bo‘yicha sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan bo‘lib 2021 yil 4 avgust kungi xulosasiga ko‘ra shifokorga sog‘lig‘ini buzilishiga sababchi bo‘lgan yengil tan jarohati yetkazilganligi aniqlangan.

Yuqoridagi holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlariga kirishilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech