21 Sentyabr 2020 yil 577

IJ-2715 betonga urilishi oqibatida yo‘lovchi halok bo‘ldi.

Shu yil 20 sentyabr' kuni soat 11:00 larda Pungon-Namangan-Andijon yo‘lining 95 km.da, IJ-2715 rusumli avtomashinani boshqarib borayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘l chetidagi beton to‘siqqa urilgan. Natijada, avtomashinada bo‘lgan yo‘lovchi og‘ir tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 20 sentyabr' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech