29 Mart 2021 yil 506

IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta'minlash bo‘yicha qo‘shinlariga qarashli bino to‘la kapital ta'mirlandi.

Joriy yilning 27 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta'minlash bo‘yicha qo‘shinlariga qarashli Namangan shahrida joylashgan 7254 sonli harbiy qismda tantanali bayram tadbiri o‘tkazildi. Boisi, harbiy qism uchun Ichki ishlar Vazirligi tomonidan ajratilgan 1,5 milliard pul mablag‘lari evaziga zamonaviy tarzda yangidan kapital ta'mirlangan shtab binosi foydalanishga topshirilganligidir. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi IIVning o‘rinbosari general-mayor B.Yu.Mirzaraximov ishtirok etib, harbiy xizmatchilarni yangi bino topshirilishi munosabati bilan muborakbod etdi. Shuningdek, o‘zining halol mehnati va kuch g‘ayratini ayamay binoni belgilangan muddatda sifatli va ko‘rkam qilib qurilishida jonbozlik ko‘rsatgan Namangan shahridagi “Ravnaq” MChJ raxbari R.Mamajanov munosib rag‘batlantirildi.
Yangi ta'mirdan chiqarilgan shinam va ko‘rkam xonalarga ega bo‘lgan bino kelgusida harbiylar uchun jangovar tayyorgarlikni takomillashtirish va ma'naviy dunyoqarashni kengaytirishda muhim o‘rin tutishi shubhasiz.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech