16 Aprel 2022 yil 431

IIV Namangan akademik litseyida maʼnaviyat oyligi.

Ichki ishlar vazirligi Namangan akademik litseyida "Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish - oliy burchimiz!" shiori ostidagi maʼnaviyat oyligi doirasida Namanganlik yozuvchi I.Nishonov, Namangan viloyati Usmon Nosir nashriyoti direktori A.Jo‘rayevlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Ushbu davra suhbatida yozuvchi I.Nishonov o‘zining hayot yo‘llari, yaratgan asarlari, ayniqsa "Afg‘on shamoli" asarining yaratilishi va uning mazmun mohiyati haqida o‘quvchilarga o‘zining fikrlarini bildirdi. Yozuvchi hozirgi kunda kitobning qadri haqida aytib, akademik litsey o‘quvchi yoshlariga vatanga, xalqqa xizmat qilish va kelajakda yetuk kadr bo‘lishlari uchun albatta bilim, kitob orqali amalga oshishini taʼkidlab o‘tdi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati.

Text to speech