25 Dekabr 2023 yil 4291

IIV Namangan akademik litseyida kadrlarni maqsadli tayyorlash, yoshlarning kasbiy qiziqishini oshirish, ichki ishlar organlari tizimidagi islohotlar bilan tanishtirishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvar kunidagi "Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-10-sonli qaroriga muvofiq, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni “ta’lim muassasasidan – xizmatning oxiriga qadar” tamoyili asosida tizimli va uzluksiz tashkil etilganligi, IIV akademik litseylari bitiruvchilari uchun IIV Akademiyasida bakalavriatning “Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati” va “Tezkor qidiruv faoliyati” ta’lim yo‘nalishlariga, to‘lov-kontrakt asosida 200 nafargacha qo‘shimcha har yillik kvota kiritilganligi, shuningdek, ta’lim jarayonlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumotlar berildi.

Namangan viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i o‘rinbosari tomonidan o‘quvchilarga o‘qishga kirish va imtihonlar tartibi, ta’lim shakllari, ixtisoslik yo‘nalishlari, kursantlar bilan o‘tkaziladigan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar, Prezidentimizning besh muhim tashabbusi asosida yo‘lga qo‘yilgan to‘garaklar, iqtidorli yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida tushuntirib o‘tildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech