8 Noyabr 2023 yil 1316

IIV Namangan Akademik litsey o'quvchilari o'rtasida shaxmat musobaqasi o'tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "2026-yilda O'zbekistonda bo'lib o'tadigan 46-butunjahon shaxmat olimpiadasiga kompleks tayyorgarlik ko'rish hamda shaxmatni ommaviy harakatga aylantirishga oid chora-tadbirlar to'g'risida" gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilning 8-noyabr kuni IIV Namangan akademik litseyi o'quvchilari ishtirokida Namangan viloyati "Shoh-Ruh" shaxmat-shashka klubida musobaqa tashkil etildi. Musobaqa davomida ishtirokchilar bilimlarini yanada charxlash barobarida ziyrakliklarini ham sinovdan o'tkazdilar. Qizg'in davom etgan o'yinning yakuniy natijalariga ko'ra o'g'il bolalar o'rtasida litseyning 2-bosqich o'quvchisi Jamshid Saminjanov, qizlar o'rtasidagi o'yinda esa 1-bosqich o'quvchisi Sevinch Ismoiljonova g'oliblikni qo'lga kiritishdi.

Bu kabi musobaqalarning doimiy tashkil etilishi yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Namangan vilouati IIB Axborot xizmati

Text to speech