2 Aprel 2021 yil 672

IIV Namangan akademik liseyiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlar bilan psixologik test sinovlari o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil
26 sentyabrdagi 767-son «O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik liseylarining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2018 yil
28 fevraldagi 57-son “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik liseylariga o‘quvchilarni qabul qilish bo‘yicha tanlovlar o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga asosan, 2021 yil 1-2 aprel' kunlari IIV Namangan akademik liseyida psixologlar tomonidan psixologik test sinovlari o‘tkazildi.
Psixologik testlarda nomzodlarning aql-zakovati, umumiy intellektual salohiyati va xotirasi, mantiqiy fikrlashi, ziyrakligi, tafakkur shakllarining rivojlanganlik darajasi, fikrlash tezligi va tahlil qilish qobiliyatlari, shaxsiga xos individual xususiyatlari, kirishimliligi, psixik turg‘unligi, samimiyligi, kasbni tanlashining maqsadi va maqsadining barqarorligi kabi individual-psixologik xususiyatlari o‘rganildi.
O‘tkazilgan psixologik test sinovlarida jami 910 nafar nomzodlar ishtirok etib, shundan 703 nafar nomzodlar individual-psixologik xususiyatlarni o‘rganish natijalariga ko‘ra tanlovning keyingi bosqichlarida qatnashish uchun tavsiya etildi.
IIV Namangan akademik liseyiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarning arizalari joriy yilning 15 aprel' kuniga qadar akademik lisey va barcha shahar-tuman IIBlarida qabul qilinmoqda.

Namangan viloyati IIB Kadrlar boshqarmasi

Text to speech