IIV Namangan akademik liseyida o‘quv yilining ilk kuni “Mustaqillik” darsi bilan boshlandi.
Kuz fasli o‘zining bor tarovati va go‘zalligini Maktab, lisey va oliy o‘quv dargohlaridagi gavjumliklar bilan olib keladi. Barcha maskanlarda bo‘lgani kabi IIV Namangan akademik liseyi ham bugun o‘z bag‘rini bo‘lajak ichki ishlar organlari xodimlari bilan to‘ldirdi.
O‘quv yilining 1-kuni katta tantana tarzida tashkil etildi. unda IIB boshlig‘ining o‘rinbosari so‘z olib lisey o‘quvchilari hamda o‘qituvchilariga boshqarma raxbarining samimiy tabrigini izxor etdi.
Shuningdek, o‘quvchilar tomonidan fan olimpiadalari va sport musobaqalarida oliy o‘rinlarni qo‘ldan bermay kelinayotgani e'tirof etilib, bundan buyon ham ana shu marrani mahkam ushlagan holda yanada yuksakroq cho‘qqilarni zabt etish lozimligi alohida ta'kidlandi.
Marosimdan so‘ng sinfxonalarga yig‘ilgan o‘quvchilarga ustozlari tomonidan mustaqillik darslari o‘tildi.
Boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik T.Mamatqulov 2-kurs o‘quvchilariga “Yangi O‘zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi” nomli darsni tanishtirib, yigit qizlar bilan samimiy muloqot qildi. muloqot davomida mustaqillikning ilk yillari va bugungi kunlarda amalga oshirilgan ijobiy ishlar, yutuqlar va islohotlar haqida fikrlar almashildi.
Shuni aloxida ta'kidlash lozimki, boshqa dargohlarga nisbatan ushbu akademik lisey o‘quvchilaridan ko‘proq mas'uliyat va shijoat talab etiladi. Boisi, ushbu lisey o‘quvchilari nafaqat bilim-tafakkurda balki, jismoniy jihatdan ham yetuk bo‘lmoqlari lozim. buning uchun esa o‘quv maskanida barcha qulayliklar shay holga keltirilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati