16 Aprel 2025 yil 453

IIV masʼullari tomonidan Namanganda sayyor o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda

“Maʼnaviyat oyligi” doirasida, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining farmoyishi ijrosini taʼminlash maqsadida Namangan viloyatida sayyor o‘quv yig‘inlari tashkil etildi.

Ichki ishlar organlarining ijobiy imijini shakllantirish, nostandart vaziyatlarda to‘g‘ri va tezkor qaror qabul qilish ko‘nikmalarini mustahkamlash, shuningdek, huquqiy madaniyat, maʼnaviy-axloqiy fazilatlar va xizmat madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan qisqa muddatli mashg‘ulotlar Yangiqo'rg'on, Chortoq hamda Kosonsoy tumani IIB xodimlari uchun Yangiqo'rg'on tumanida o‘tkazildi.

Mazkur mashg‘ulotlar Ichki ishlar vazirligi ma'sul rahbarlari tomonida o'tkazilib, ishtirokchilarga “Inson qadri uchun” tamoyili asosida xizmat olib borish, fuqarolar bilan muloqotda yuksak maʼnaviy-axloqiy fazilatlarni namoyon etish, professional yondashuvni kuchaytirish, jismoniy va jangovar tayyorgarlikni takomillashtirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

Shuningdek, xodimlarning aholi roziligiga erishish, har bir murojaatga eʼtibor bilan yondashish, fuqarolar bilan ochiq va ishonchli muloqot olib borish kabi dolzarb jihatlar bo‘yicha ko‘nikmalari mustahkamlandi.

Taʼkidlash joizki, bu kabi sayyor o‘quv mashg‘ulotlari ichki ishlar organlari tizimidagi har bir xodimning yuksak huquqiy va maʼnaviy masʼuliyatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Namangan vıloyatı IIB Axborot xızmatı

Text to speech