8 Iyul 2025 yil 644

IIV Malaka oshirish institutining Kasbiy tayyorgarlik fakultetiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha tanlov eʼlon qilinadi

Tanlov tadbirlari O‘zbekiston Respublikasining «Ichki ishlar organlari to‘g‘risida»gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi PQ-5076-son qaroriga muvofiq tasdiqlangan Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetiga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizom talablari asosida o‘tkaziladi.

Nomzodlarga qo’yilgan talablar:

- O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;

- Yashash manzili bo‘yicha Namangan viloyatida doimiy ro‘yxatda turishi;

- Yoshi 18 yoshdan kichik, 30 yoshdan katta bo‘lmasligi;

- Erkaklar uchun bo‘yi 165 santimetrdan, ayollar uchun 160 santimetrdan past bo‘lmasligi (bo‘y parametrlari ayrim mutaxassisliklar uchun alohida belgilangan);

- Muddatli yoki safarbarlik chaqiruv rezervidagi harbiy xizmatni o‘tagan bo‘lishi (erkaklar uchun);

- Oliy ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolar hamda ichki ishlar organlarining xodimlari va harbiy xizmatchilari qabul qilinadi.

O‘qish muddati 5 oy bo‘lib, bitiruvchilarga Diplom va kichik serjant maxsus unvoni beriladi.

Fakultetda o‘qish istagida bo‘lgan fuqarolar joriy yilning 07 avgust kuniga qadar doimiy yashash manzili bo‘yicha Ichki ishlar bo‘limlariga murojaat etishlari mumkin.

Namangan viloyati IIB MMI va KBT xizmati

Text to speech