24 Fevral 2023 yil 743

IIV Faxriylar kengashi aʼzolaridan iborat respublika targ‘ibot guruhining Namangan viloyati ichki ishlar organlari xodimlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosarining 2023 yil 17 fevraldagi “Kasbiy madaniyat va xizmat intizomi talablarini barcha shaxsiy tarkibga yetkazish bo‘yicha respublika targ‘ibot guruhi faoliyatini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida”gi farmoyishining ijrosini taʼminlash maqsadida, IIV Faxriylar kengashi aʼzolari tomonidan viloyatlarda uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Namangan viloyatiga tashrif buyurgan isteʼfodagi polkovnik O‘.Axmedov viloyat IIB shaxsiy tarkibi o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvardagi “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yana-da yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 10-son Qarorining mazmun va mohiyatini yetkazdi.
Viloyat ichki ishlar organlarida bo‘lib o‘tgan yig‘ilish boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik TMamatkulov, boshqarma boshlig‘ining maslahatchisi polkovnik R.Abbasov, viloyat IIB Faxriylar kengashi raisi isteʼfodagi polkovnik O.Dolimov, faxriylar kengashi aʼzolari hamda shaxsiy tarkib ishtirokida bo‘lib o‘tdi. O‘.Axmedov tomonidan, xodimlarni chinakam vatanparvar va fidoyi, burchiga sadoqatli etib tarbiyalashda faxriylarning yordamidan samarali foydalanish kerakligi to‘g‘risida masʼul rahbarlarga kerakli ko‘rsatmalar berib o‘tildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech