14 May 2022 yil 441

IIV akademiyasi kursantlari uchun navbatdagi mahorat darslari o‘tkazildi.

Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari, general-mayor A.I.Ikramov tomonidan 2021 yil 7 sentyabr kuni tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2021 yil 25 avgustdagi “Ichki ishlar vazirligi sohaviy xizmatlarning akademiyada malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlashdagi faoliyatini tizimli tashkil etish to‘g‘risida”gi asosida hududiy Ichki ishlar organlari boshliqlari tomonidan onlayn master-klass mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda. Mashg‘ulotlarda hududning kriminogen vaziyati hamda o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni taʼminlash, huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etishning dolzarb masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. IIV Akademiyasining rahbarlari, malakali o‘qituvchilari, professor dotsentlari, Namangan viloyatidan o‘qishga kirib tahsil olayotgan kursantlar ishtirokida, kursantlarni nazariy bilimlarini amaliyotga tatbiq etish maqsadida, Namangan viloyati Ichki ishlar organlarining malakali, tajribali rahbar xodimlari tomonidan 9 marotaba mahorat darslari o‘tkazildi.

Navbatdagi mashg‘ulotda Akademiya kursantlariga ikkita mavzu bo‘yicha tushunchalar berildi.

1-savol: Oila turmush doirasida sodir etiladigan jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda ushbu sohada yuzaga kelayotgan muammolar.

2-savol: Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan sodir etilayotgan noqonuniy holatlar va ularning oldini olish yo‘llari yuzasidan yo‘llagan savollari bo‘yicha ijoriy yilning 12 may kuni soat 16:30da, boshqaraning majlislar zalida ZUM platformasi orqali onlayn tartibda munozarali mahorat darslari o‘tkazildi.

Mazkur master-klass darsini Boshqarma JXX HPB boshlig‘i podpolkovnik Dadaxonov Akramjon Isroilovich kirish so‘zi bilan boshlab, birinchi savollar bo‘yicha maʼruzani o‘qib eshittirildi.

Ikkinchi savol bo‘yicha Boshqarma MMI va KBTX boshlig‘ining tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari podpolkovnik Mirsaidov Mirabbos Mirkomilovich maʼruza qildi va malakali mutaxassislar bilan orttirilgan tajriba amaliy ko‘nikmalari yuzasidan Akademiya kursantlari bilan o‘zaro o‘rtoqlashdilar.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech