18 Sentyabr 2023 yil
3214
IIV Akademiyasi masʼul xodimlari Namangan viloyatida o‘rganish ishlarini olib bormoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi boshlig‘ining buyrug‘i va reja-topshirig‘iga asosan hududlarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat xavfsizligini taʼminlash huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha ichki ishlar organlariga yordam ko‘rsatish ishlari olib borilmoqda. Navbatdagi tadbirlar Namangan viloyati IIB miqyosida o‘tkazildi. Dastlab IIV Akademiyasi masʼul xodimi O.J.Xolmuminov ishtirokida amaliyot xodimlarining bilim va kasbiy ko‘nikmalarini oshirish, shuningdek Akademiya bitiruvchilarining faoliyatini monitoring qilish orqali taʼlim tarbiya jarayonini yana-da takomillashtirish maqsadida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda reja-topshiriqda belgilangan vazifalarga ko‘ra, tegishli boshqarma va sohaviy xizmatlar xodimlariga bajarilishlari lozim bo‘lgan topshiriqlar aniq belgilab berildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati