22 Noyabr 2023 yil 3276

IIV Akademik litsey o‘quvchilari va Namangan shahar yoshlari uchun harbiy qismda “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli ko‘rsatmasiga asosan Xalqaro Aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qo‘shinlariga qarashli Namangan shahridagi harbiy qism va Namangan viloyati IIB tashabbusi bilan ushbu harbiy qismda IIV Akademik litsey o‘quvchilari hamda Namangan shahar yoshlari uchun “9-dekabr – Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” mavzusida targ‘ibot-tashviqot va “Uch avlod” uchrashuvi o‘tkazildi.

Unda IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi masʼul xodimlari, viloyat IIB faxriylari va xodimlari, harbiy qism askarlari, IIV Namangan Akademik litseyi o‘quvchilari va Namangan shahrining bir guruh yoshlari ishtirok etishdi.

Tadbirni dastlab, viloyat IIB masʼul xodimlari tomonidan “9-dekabr – Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” mavzusi doirasida yoshlarga atroflicha tushunchalar berildi.

Shundan so‘ng, Ichki ishlar boshqarmasi faxriylar kengashi aʼzolari tomonidan korrupsiya to‘g‘risida SHUningdek, buyuk bobokalonimiz Amir Temurning bu boradagi hikmatli o‘gitlari haqida batafsil to‘xtalib o‘tishdi.

Shu bilan birgalikda, Prezidentimiz tomonidan yoshlarni ona Vatanga sadoqat va yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, tarixga bo‘lgan qiziqishlarini yana-da oshirish, kelajakda professional xodim sifatida shakllantirishda keng qamrovli ishlar amalga oshirilib kelinayotganligi to‘g‘risida so‘zlashdi.

Tadbir davomida Jamoat xavfsizligi xizmati kinologiya bo‘linmasi xodimlari tomonidan xizmat itlari bilan xizmatda foydalanish, shuningdek harbiy qism xodimlari tomonidan ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech