21 Oktyabr 2020 yil 1026

IIO xodimlarining javonidagi kitoblar soni yanada ortdi.

21 oktabr “O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan” kun munosabati bilan Namangan viloyati IIB Kadrlar boshqarmasi tomonidan boshqarma hovlisida kitob yarmarkasi tashkil etildi. Yarmarkaga 500 turdagi kitoblarning 2000dan ortiq nusxalari olib kelindi.

Unga IIV Namangan akademik liseyining kitobsevar o‘quvchilari, boshqarma sohaviy xizmat xodimlari va shahar, tuman bo‘limlarida faoliyat yurituvchi yosh xodimlar taklif etildi.

Kimdir ma'naviy hordiq olish uchun kitob xarid qilsa, yana kimlardir ish jarayonlarida kerak bo‘ladigan adabiyotlar sotib olishdi. Shu bilan bir qatorda xodimlar farzandlari uchun ham tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan ertak kitoblar ham harid qilishdi.

Yarmarkaga jalb etilgan o‘zbek yozuvchilarining asarlari kitob rastalariga ko‘rk berib turgan bo‘lsa, jahon adabiyoti durdonalarini ona tilimizda chop etilgani kishida quvonch va faxr hissini oshirdi. Bu kabi tadbirlar tizimda faoliyat yuritayotgan xodimlar va bo‘lg‘usi IIO xodimlarining davlat tiliga bo‘lgan hurmatini yanada jonlantirishi shubhasiz.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech