IIO xodimlari tomonidan fuqarolarga nisbatan hech qanday noqonuniy harakatlar sodir etilmagan.
Joriy yilning 7 aprel' kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilgan videolavxa yuzasidan rasmiy ma'lumot
Videolavha yuzasidan o‘tkazilgan surishtiruv ishlari davomida quyidagilar aniqlandi.
Pop tuman hokimining 2019 yil 18 iyun' kungi “Pop tuman “Dehqon bozori” MChJ faoliyatini ixtiyoriy tugatish va tugatish komissiyasi tarkibini tasdiqlash haqidagi yig‘ilish bayonidan kelib chiqib, tegishli chora-tadbirlar belgilash to‘g‘risida”gi 108f-sonli Farmoyishi qabul qilinib, farmoyishning 6-bandida, tuman IIBga sobiq “Pop Dexqon bozori” MChJ tugatilganligi munosabati bilan bozor hududida va atrofida savdo qilish mumkin bo‘lmagan hududlarda savdo faoliyati bilan shug‘ullanayotgan jismoniy va yuridik shaxslarni qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortish masalasini xal etish hamda ular bilan tushuntirish ishlarini olib borish vazifasi yuklatilgan.
Shuningdek, tuman hokimining 2020 yil 12 oktyabr' kungi “Pop tuman hududida koronavirus pandemiyasi avj olishi va aholi o‘rtasida tarqalishini oldini olish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilash to‘g‘risida”gi 148f-sonli Farmoyishi qabul qilingan.
Bir necha bor ogohlantirilishi hamda ma'muriy tartibda chora ko‘rilishiga qaramasdan ayrim fuqarolarning qurilish ishlari olib borilishi uchun eski binolari buzilgan bozor hududiga karantin va savdo talablariga javob bermaydigan qo‘lda yasalgan aravalar ustida oziq-ovqat va sabzavot mahsulotlarini sotayotgan holatlari kuzatilmoqda. Shu boisdan ushbu hududda jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligini ta'minlash maqsadida uzluksiz naryadlar ajratib kelinmoqda.
2021 yil 31 mart kuni bozorga tuman IIBdan 12 nafar naryadlar ajratilgan. Shu kuni soat 06:30 lar chamasida Pop shahar “Ipak yo‘li” MFYda yashovchi eski dexqon bozorida meva sotish bilan shug‘ullanuvchi fuqaro o‘zining boshqaruvida bo‘lgan “Damas” rusumli avtomashinasida piyodalar uchun belgilangan yo‘lakdan harakatlanib, yo‘l harakati qoidalarini buzganligi sabab uning boshqaruvida bo‘lgan avtomashina xujjatlari Pop tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari tomonidan so‘ralgan vaqtda fuqaro avtomashina xujjatlarini YHXB inspektoriga taqdim etishini aytgan. Bozor tadbiriga jalb etilgan Pop tuman IIB YPX inspektori tomonidan ushbu avtomashina xujjatlari tekshirilgan vaqtda sug‘urta polisi amal qilish muddati tugaganligi sababli haydovchiga nisbatan O‘z.Res.MjTKning 1351-modda 1-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Fuqaro shu kuni xuquqbuzarliklarini davom ettirib soat 07:00 lar chamasida jamoat joyida tamaki mahsuloti chekkanligi sababli O‘z.Res.MjTKning 561-moddasi bilan Pop tuman IIB XPB profilaktika inspektori tomonidan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Xizmat davomida IIO xodimlari tomonidan fuqarolarga nisbatan hech qanday noqonuniy harakatlar sodir etilmagan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati