22 Aprel 2021 yil 414

IIO o‘rtasida futbol musobaqasiga start berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabr' kunidagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy srportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 6099-sonli Farmoniga asosan, viloyat ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanish, xodimlarda sog‘lom turmush-tarzi bo‘yicha hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish  maqsadida, qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Bu borada qabul qilingan Vazirlikning me'yoriy buyruqlari, ko‘rsatmalari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga asosan, shaxsiy tarkib o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida, joriy yilda boshqarmaning dasturlari, ko‘rsatmalari va buyruqlari ishlab chiqilib, ijroga qaratildi.

Jumladan, Namangan viloyati IIB boshlig‘ining 2021 yil 11 apreldagi 116-sonli buyrug‘iga asosan, joriy yilning 21 aprel' kuni boshqarma sohaviy xizmatlari hamda barcha shahar-tuman IIBlari xodimlari o‘rtasida o‘tkaziladigan boshqarma boshlig‘ining kubogi musobaqasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan Kadrlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari mayor I.Burxonov, bugungi o‘tkaziladigan ommaviy sport musobaqasini Prezidentimizning yuqoridagi Farmon talablariga asosan, xodimlarning jismoniy tayyorgarligini yuksaltirish, jangovar shayligini oshirishga xizmat qilishiga katta ishonch bildirib, musobaqa ishtirokchilariga omad tiladi.

Hozirda musobaqaning guruh bosqichi davom etmoqda.

 

Namangan viloyati IIB Kadrlar boshqarmasi

Text to speech