16 Yanvar 2021 yil 904

IIBning rasmiy munosabati.

Telegramm ijtimoiy tarmog‘ida Namanganda “snos” jarayonida janjal kelib chiqqanligi haqida videolavhalar yuzasidan Namangan viloyati IIBning rasmiy munosabati.

Namangan viloyat hokimligi ishchi guruhi tomonidan 2020 yil
17 dekabr' kuni soat 13:00 larda Namangan shahri hududida qurilish ishlari amalga oshirilayotgan ob'ektlarni ko‘zdan kechirish davomida, shahardagi Soxil MFY hududida, 1984 yilda Chortoq tumanida tug‘ilgan fuqaro N.M tomonidan savdo do‘koni qurilayotganligi aniqlanib, tegishli hujjatlar taqdim etish so‘ralganida, N.M qurilish ishlarini amalga oshirish uchun tegishli hujjatlarni taqdim eta olmaganligi, mazkur bino noqonuniy qurilganligi ma'lum bo‘ldi.

Ishchi guruh tomonidan mazkur noqonuniy qurilish ishlarini buzdirilayotgan vaqtda, fuqaro T.I ishchi guruh a'zosi bo‘lgan X.U bilan gap tortishib, uni urib tan jarohati yetkazgan.

T.I tadbirkorlik bilan shug‘ullanmasligi, tadbirkor sifatida ro‘yhatdan o‘tmaganligi, ushbu nizoli bino egasi N.M tomonidan uni qurilish ishlariga yollanma ishchi tariqasida jalb etilganligi aniqlandi.

Sudga oid tibbiy ekspertizaning 2020 yildagi xulosasida, fuqaro X.U badanida o‘ng qo‘l 5-kaft suyagi yopiq sinishi, yuqori lab soxasi yuzaki lat yegan va shilingan  tarzidagi jarohatlari ko‘rinishida bo‘lib, og‘irlik darajasiga ko‘ra o‘rtacha og‘ir tan jarohati guruhiga kirishi ko‘rsatilgan.

Mazkur xolat yuzasidan 2020 yilda Namangan shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan fuqaro T.Iga nisbatan JKning 277-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov xarakatlari olib borilmoqda.

O‘rganishda, profilaktika inspektori fuqaro N.Mning savdo do‘konidagi qurilish ishlariga yollanma ishchi tariqasida jalb qilingan ishchi T.Ining noqonuniy xatti-harakatlarini to‘xtatish maqsadida o‘ziga qarashli avtomashinada IIB ma'muriy binosiga olib borib, tegishli ko‘rgazmalarni olganidan so‘ng yashash xonadoniga ketishga ruxsat berganligi ma'lum bo‘ldi.

Videolavhada aks etgan fuqaro T.Ini oyog‘i bilan tepgan shaxs ichki ishlar xodimi emasligi sababli, ushbu noma'lum shaxsni aniqlash va uning harakatlariga huquqiy baho berish choralari ko‘rilmoqda.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech