22 Iyun 2021 yil 366

IIB JQB xodimlari tomonidan o‘g‘irlik jinoyati fosh etildi.

Joriy yil 16 iyun' kuni, Namangan shahrida yashovchi, Davlatobod tumani Davlatobod MFYda joylashgan “Sabo burger” MChJ rahbari, 1950 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 12:30 larda noma'lum shaxs, MChJ binosining kiyim almashtirish xonasidagi stol ustida turgan narxi 1.500.000 so‘mlik “Iphone” rusumli telefon apparati va narxi 800.000 so‘mlik “Redmi-6” rusumli telefon apparatlarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum kilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Davlatobod tumani IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni, Namangan shahar Gulpora MFYda yashovchi, 1972 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan va daliliy ashyo olingan.
Ushbu holat bo‘yicha Davlatobod tumani IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech