IIB YHXB boshlig‘ining o‘rinbosari qutqarib qolgan ayolning salomatligi ijobiy.
Joriy yil 25 iyul' kuni soat 07:00lar chamasida Yangi Namangan tumanida yashovchi, 2005 yildan buyon ruhiy kasallik bilan og‘rib, davolanib kelayotgan ayol tushkunlik oqibatida o‘z joniga suyqasd qilib Shimoliy Farg‘ona kanalining Yangi Namangan tumani G‘uncha MFY hududidan oqib o‘tgan qismidan o‘zini suvga tashlagan va kanalning Beruniy MFY hududidan o‘tgan qismida shu hududda xizmat vazifasini olib borayotgan viloyat IIB YHXB boshlig‘ining o‘rinbosari Sh. Sodiqov tomonidan qutqarib olingan. Ayolga zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hozirda uning salomatligi yaxshi.
O‘z xizmat vazifasiga sidqidildan yondashib, ayolning hayotini saqlab qolgan podpolkovnik Sh. Sodiqov va bu ishda ko‘mak bergan aholiga Namangan viloyati IIB rahbariyati minnatdorchilik bildiradi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati