IIB xodimlari bangixonani fosh etdi
Joriy yil 9 dekabr' kuni o‘tkazilgan tadbir davomida, To‘raqo‘rg‘on tuman IIB JQB tezkor vakili va HPMB profilaktika inspektorlari tomonidan, To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1975 yilda tug‘ilgan fuqaroni yashash xonadoni xolislar ishtirokida o‘tkazilgan tintuv harakatlari davomida, hovlisida 2 dona qora rangli, 1 dona rangsiz polietilin paketlarga va 1 dona oq rangli qog‘oz parchasiga o‘ralgan o‘tkir hidli ko‘kimtir rangli modda hamda 2 dona 0,5 va 1 litrli bo‘sh, teshilgan yelim idishlar borligi aniqlanib, xolislar ishtirokida tekshirib ko‘rish uchun olingan.
Namangan viloyati IIB EKBning xulosasida, ushbu moddalarning sof og‘irligi 1,43 gramm bo‘lgan “Gashish” va sof og‘irligi 172,5 gramm bo‘lgan “Marixuanna” giyohvandlik moddalari ekanligi ko‘rsatilgan.
Ushbu holat bo‘yicha To‘raqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 11 dekabr' kuni O‘z.R JKning 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati