IIB va XTBning hamkorlikdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.
Namangan tumani XTB va IIB tomonidan tuman xududida voyaga yetmaganlar orasida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish, o‘quvchilarni ta'lim jarayoniga qamrab olishdagi muammolar, maktablardagi davomat masalalari bo‘yicha hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar hamda kelgusi vazifalarni belgilash yuzasidan yig‘ilish tashkil etildi. Unda tuman IIB HPB voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor psixologlari, tumandagi maktab direktorlari, ularning o‘rinbosarlari, maktab psixologlari ishtirok etishdi.
Yig‘ilish davomida yuqorida sanab o‘tilgan muammo va masalalar chuqur tahlil etildi hamda bu boradagi fikr-takliflar tinglandi. Shuningdek, tuman hududida joriy yilning o‘tgan 8 oyi davomida o‘quvchilar tomonidan 3ta o‘g‘irlik jinoyati sodir etilganligi to‘g‘risida ma'lumotlar berilib, bolalarning ushbu jinoyatlarga qo‘l urishiga sabab bo‘layotgan omillar muhokama qilindi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati