IIB va MG xodimlari narkotik modda saqlab kelayotgan shaxsni aniqladi
2022 yil 30 yanvar kuni Kosonsoy tuman IIB JQB tezkor vakillari, viloyat IIB PPXvaJTSB PPXB 3-otryad xodimi hamda MG Kosonsoy tuman bo‘limi xodimlari tomonidan, Kosonsoy tumanida yashovchi, 1985 yilda tug‘ilgan fuqaroni Kosonsoy tumani hududida to‘xtatilib, yoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, egnidagi kurtkasining chap cho‘ntagidan oq rangli polietilen paketga o‘ralgan o‘tkir hidli, quruq holatdagi o‘simlikning maydalangan qismlari borligi aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun olingan.
Viloyat IIB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddaning sof og‘irligi 9,83 gramm bo‘lgan “Marixuana” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Kosonsoy tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2022 yil 5 fevral kuni O‘z.R JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati