1 May 2025 yil
342
Qidiruvdagi shaxs Toshkent shahrida qo‘lga tushdi
Joriy yilning 25 aprel kuni viloyat hududi bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari davomida, O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruvda bo‘lgan, Namangan shahri, Oydinko‘l mahallasida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan, X.A. Namangan shahar IIB va viloyat IIB Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkent shahrining Yangihayot tumani hududidan ushlanib, viloyat IIB VSHga joylashtirildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati