2 May 2025 yil 499

Qidiruvdagi shaxs Yangi Namangan tumanida hududida ushlandi

Joriy yilning 27 aprel kuni viloyat hududi bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari davomida, O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruvda bo‘lgan, Yangi Namangan tumani, “Guliston” mahallasida yashovchi, 1980 yilda tug‘ilgan, fuqaro U.O viloyat IIB va tuman IIB Probatsiya guruhi xodimlari tomonidan “Guliston” mahallasidan ushlanib, viloyat IIB VSHga joylashtirildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech