15 May 2025 yil
848
Qidiruvdagi shaxs Chust tumanidan ushlandi
Joriy yilning 7 may kuni o‘tkazilayotgan “Qidiruv” va “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlari davomida, O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruvda bo‘lgan, To‘raqo‘rg‘on tumani, “Shoxidon” mahallasida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan, fuqaro S.S To‘raqo‘rg‘on tumani IIB xodimlari tomonidan Chust tumanidan ushlanib, Chust tumani IIB topshirilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati