1 May 2025 yil
379
Qidiruvda bo‘lgan shaxs tergov hibsxonaga joylashtirildi
Joriy yilning 26 aprel kuni viloyat hududi bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari davomida, O‘zbekiston Respublikasi JKning 167-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruvda bo‘lgan, Pop tumanida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan, fuqaro Q.O Pop tumani IIB va Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan Pop tumani Anxor mahallasi hududidan ushlanib, Pop tumani IIB VSHga joylashtirildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati