15 May 2025 yil
123
Qidiruv tadbirlari davomida o‘g‘irlik jinoyatini sodir etgan shaxs ushlandi
Joriy yilning 7 may kuni o‘tkazilayotgan “Qidiruv” va “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlari davomida, O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruvda bo‘lgan, Uychi tumani, “Yorkatay” mahallasida yashagan, 2005 yilda tug‘ilgan, fuqaro M.M viloyat IIB xodimlari tomonidan Namangan shahrining “Boburshox” ko‘chasidan ushlanib, Uychi tumani IIBga topshirilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati