Ichki ishlar vazirligining farmoyishiga asosan Namangan viloyati IIB xodimlarining xizmat intizomi yuzasidan yig'ilish o'tkazildi.
Ichki ishlar vazirligining farmoyishiga asosan Namangan viloyati ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan huquqbuzarlik va xizmat intizomi buzilishi hamda korrupsion holatlarni oldini olish maqsadida IIV masʼul xodimi, viloyat IIB rahbariyati, SHXB xodimlari tomonidan joylarda muhokama yig‘ilishlari o‘tkazib kelinmoqda.
Joriy yilning 15 - aprel kuni Namangan viloyati IIB xodimlari ishtirokida tashkil etilgan yig‘ilishda ham shaxsiy tarkibga xizmat mobaynida tamagirlik va korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, vakolatdan chetga chiqmaslik, fuqarolar bilan muloqotda xushmuomala bo‘lish borasida ogohlantirishlar berildi.
Shuningdek, xizmat faoliyati davomida berilgan vakolatdan chetga chiqib, tizimni obro‘siga putur yetkazgan va ichki ishlar organlari safidan bo‘shatilgan, hamda korrupsion jinoyatlarga qo‘l urgani uchun qamoqqa olingan sobiq xodimlar to‘g‘risida tayyorlangan maxsus film yig‘ilganlar eʼtiboriga havola etildi.
Yig‘ilish so‘nggida xizmatga sovuqqonlik bilan qaragan, ishonchni suiisteʼmol qilgan xodimlarga yuqorida namoyish etilgan film “qahramonlari” kabi qatʼiy chora ko‘rilishi alohida taʼkidlandi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati