28 Iyul 2023 yil 936

Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti kasbiy tayyorgarlik fakultetiga qabul qilish bo‘yicha tanlov eʼlon qilinadi

Tanlov tadbirlari O‘zbekiston Respublikasining «Ichki ishlar organlari to‘g‘risida»gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil15 apreldagi PQ-5076-son qaroriga muvofiq tasdiqlangan Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetiga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizom talablari asosida o‘tkaziladi.

Nomzodlarga qo‘yilgan talablar:
- O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;
- Yashash manzili bo‘yicha Namangan viloyatida doimiy ro‘yxatda turishi;
- Yoshi 18 yoshdan kichik, 30 yoshdan katta bo‘lmagan bo‘lishi;
- Erkaklar uchun bo‘yi 165 santimetrdan, ayollar uchun 160 santimetrdan past bo‘lmasligi (Yo’l-patrul faoliyati yo‘nalishiga 175/170 sm);
- Muddatli yoki safarbarlik chaqiruv rezervidagi harbiy xizmatni o‘tagan bo‘lishi (erkaklar uchun);
- Oliy maʼlumotga ega bo‘lgan fuqarolar hamda ichki ishlar organlarining xodimlari va harbiy xizmatchilari qabul qilinadi.

Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetida 2023 yilda Namangan viloyati ichki ishlar organlari serjantlar tarkibidagi lavozimlar uchun quyidagi mutaxassisliklar tayyorlanadi:
- Yo‘l-patrul faoliyati (bo‘yi 175 / 170);
- Pasport tizimini taʼminlash faoliyati (bo‘yi 165 / 160);
- Maxsus operatsiyalarni amalga oshirish faoliyati (bo‘yi 170 / 165).

Kasbiy tayyorgarlik fakultetiga kirish istagida bo‘lgan fuqarolar joriy yilning 15-avgust kuniga qadar (soat 09:00 dan 18:00 gacha) quyidagi hujjatlari bilan IIV Namangan akademik litseyiga borib, mas’ul xodimlarga murojaat etishlari so’raladi:
- biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi doimiy yashash manzili bilan;
- harbiy guvohnoma;
- oliy maʼlumotni tasdiqlovchi diplom;
- haydovchilik guvohnomasi (Yo’l-patrul faoliyati yo‘nalishiga nomzodlar uchun);

- belgilangan namunadagi sog‘lig‘ining holati haqida maʼlumotnoma (bo‘yining balandligi bo‘yicha antropometrik parametri ko‘rsatilgan holda).
Eslatma: belgilangan kunlardan oldin yoki keyin murojaat etgan fuqarolar nomzodlar ro‘yxatiga kiritilmaydi.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telegram ijtimoiy tarmog‘idagi @nomzod2020 manzili yoki 95-120-44-34 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Manzil: Namangan shahar, Uychi ko‘chasi, 124-uy.

Mo’ljal: Chorsu bozoridan so’ng Uychi tumani yo’nalishida, viloyat Endokrinologiya shifoxonasi ro’parasida.

Namangan viloyati IIB Kasbiy tayyorgarlik bo‘limi

Text to speech