18 May 2021 yil 666

Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari Namanganda harbiylar bilan uchrashdi.

Joriy yilning 30 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari general-mayor Mirzaraximov Baxodir Yuldashevich, IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta'minlash bo‘yicha qo‘shinlariga qarashli Namangan shaxridagi 7254-sonli harbiy qismga tashrif buyurib, harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Tashrif jarayonida vazir o‘rinbosari harbiy xizmatchilar bilan suhbatlar olib borib, vazirlik tizimidagi harbiy xizmatchilar va xodimlar uchun amalga oshirilayotgan ijtimoiy islohotlarni gapirib o‘tdi. Shuningdek, harbiy xizmatchilarning ma'naviy ongini, mdaniyatini, siyosiy-huquqiy bilim darajasini yuksaltirish, jangovar shayligini oshirishga alohida e'tibor qaratish lozimligini ta'kidlab o‘tdi.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech