16 Aprel 2022 yil 331

Ichki ishlar vazirining joriy yil 25 martdagi 79-sonli farmoyishiga asosan, shu yilning 2 aprelidan 2 may kuniga qadar mamlakatimizning barcha ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa xizmat qilish oliy burchimiz” shiori ostida “Ma'naviyat oyligi” o‘tkazilishi belgilandi.

Yangiqo‘rg‘on tumani IIB xodimlari Chortoq tumanida tumanda joylashgan “Sulton Uvays Qaraniy” ziyoratgohiga tashrif buyurilib, hovuzdagi baliqlarni, qadimiy binolarni, kutubxonadagi kitoblarni ko‘rib o‘rganildi. Bu o‘z navbatida xodimlarning ma'naviy-ma'rifiy salohiyati, umumiy dunyoqarashi, ma'naviy qiyofasini yuksaltirish, vatanparvarlik, g‘urur, iftixor, kasbiga nisbatan sadoqat hislarini tashrif davomida yanada ortdi.

Xodimlarning kitobga bo‘lgan munosabatini yanada yaxshilash, ular o‘rtasida kitobxonlikni yanada rivojlantirish, har qanday sharoitda davlat va xalq manfaatlariga xizmat qiladigan, milliy qadriyatlarga sodiq, umuminsoniy qadriyatlarga tayanadigan, yot va buzg‘unchi g‘oyalarga murosasiz kurashuvchi, iymon - e'tiqodi va irodasi mustahkamlash borasida, siyosiy dunyoqarashi, bilimini oshirish maqsadida yangi chop etilgan kitoblar bilan tanishish maqsadida Yangiqo‘rg‘on tumani IIB shaxsiy tarkibi xodimlari o‘rtasida “Zukko kitobxon” intellektual o‘yini o‘tkazildi. G‘olib xodimlariga o‘qish uchun tavsiya etilgan badiiy kitoblar bilan taqdirlandi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech