Ichki ishlar organlari xodimlariga stress va uni oldini olish haqida psixologik maslahatlar
Stressni bartaraf etish uchun psixologlar tomonidan ishlab chiqilgan metodlardan tashqari anʼanaviy foydalaniladigan vositalarni qo‘llash mumkin. Stressni oldini olishga bag‘ishlangan seminar–trening mashg‘ulotlaridan birida uning ishtirokchilari tomonidan quyidagi usullar sanab o‘tilgan:
Tabiat bilan muloqot eting – ruhiy tushkunlikka tushgan bo‘lsangiz, Siz shug‘ullanayotgan faoliyat bilan vaqtincha to‘xtatib, tabiat qo‘yniga chiqing;
Bir tekis nafas oling – mashq nomi bir tekis nafas olish – tashvish kelishini sezsangiz, 4 soniya burun orqali nafas oling va buni qayta-qayta takrorlang;
Uyqu – har kuni 7 yoki 8 soat mobaynida uxlang; Kuling – Kulgi stress holatini tushiradi hamda kayfiyatni ko‘taradi, asosiysi sizning kulgingiz atrofdagilarni stress holatiga olib kelishiga sababchi bo‘lmasin ;
Rituallar – O‘zingizga qiziqarli bo‘lgan mashg‘ulot bilan shug‘ullanish. Bular xonani tozalash, telefon o‘yinlarini o‘ynash, qog‘ozlarni joy joyiga qo‘yish va h.k.;
Musiqa – Stress holatidan sizni olib chiqish uchun yaxshi yordamdir. U sizni kayfiyatingizni ko‘tarishga, stress kelib chiqishi sabablaridan chiqishga ko‘maklashadi.
Dush yoki vanna qabul qiling – Asabni tinchlantirish uchun eng oddiy esuldir. Ayniqsa, uyqudan oldin dush qabul qilish sizga kun davomida tushgan tushkunliklardan chiqishga yordam beradi;
Yaxshi kinofilm ko‘ring – Kino davomida olgan emotsiyalar Sizga tushkunlikdan chiqishga hamda kayfiyatingizni ko‘tarishga yordam beradi;
Kitob o‘qing – kitob stress holatida psixikani boshqa faoliyatga olishiga yordam beradi;
Sport bilan shug‘ullanish – kun davomida kichik vaqt sarflaydigan mashqlarni bajaring. Sport bilan shug‘ullanish vaqtida stress orqali ishlab chiqilgan garmonlar yo‘qolishiga yordam beradi;
Tasavuur bilan ishlang – Ko‘zingizni yuming, 3-4 marotaba bir tekis nafas oling hamda o‘zingiz yoqtirgan tabiyat qo‘ynida ekanligingizni Tasavuur eting;
Psixoemotsional stressni korreksiya qilishning ko‘plab metodlari mavjud bo‘lib, ularni tanlashda eng avvalo, alohida olingan kishilarning individual xususiyatlari va mazkur sharoitga mos keluvchi usullarga eʼtibor qaratish lozim. k.V.Sudakov stressni bartaraf etishning bir qancha usullarini sanab o‘tgan.
Ular:
- autogen mashqlar;
- turli tuman relaksatsiya usullari;
- biologik qayta aloqa tizimi;
- nafas olish gimnastikasi;
- inson hayotiga ijobiy his-tuyg‘ularning kiritilishi;
- musiqa;
- jismoniy mashqlar;
- psixoterapiya;
- fizioterapevtik tadbirlar (uqalash, sauna, elektr uyqu, igna sanchish) va boshqalar.