Ichki ishlar organlari xizmatiga kirish istagini bildirgan nomzodlar diqqatiga!!!
Ichki ishlar organlariga yangi kiritilayotgan va alohida mutaxassislik talab qiladigan safdorlik lavozimlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabrdagi PQ-3413-son qarori bilan tasdiqlangan «Ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risida»gi Nizom talablari asosida ichki ishlar organlariga qabul qilish uchun tanlov e'lon qilinadi.
Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan fuqarolar (erkak) 2022 yilning 01 fevral' kuni soat 09:00 dan 17:00 ga qadar Namangan shahridagi “Dinamo” stadioniga borib, quyidagi hujjatlarni aslini ko‘rsatgan holda murojaat etishlari mumkin:
1. Fuqarolik pasporti;
2. Harbiy guvohnoma;
3. Oliy ta'lim muassasasini yakunlaganligini tasdiqlovchi hujjat (diplom) yoki sirtqi ta'lim bo‘yicha tahsil olayotganligi to‘g‘risida ma'lumotnoma.
Nomzodlarga qo‘yilgan talablar:
- O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;
- Namangan viloyatida doimiy ro‘yxatga olingan bo‘lishi;
- “Aloqa va axborotlashtirish, telekommunikasiya texnologiyalari”, “Komp'yuter texnologiyalari va informatika” mutaxassisliklari bo‘yicha oliy ma'lumotga ega yoki sirtqi ta'lim bo‘yicha tahsil olayotgan bo‘lishi;
- erkak (o‘g‘il bola) bo‘lishi;
- yoshi 30 yoshgacha (30 yoshdagilar ham) bo‘lishi;
- bo‘yi 170 sm va undan yuqori bo‘lishi;
- “B,S” toifadagi haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lishi;
- Qurolli Kuchlar safida muddatli yoki SChR harbiy xizmatni o‘tagan bo‘lishi (zaxiradagi ofiserlar ushbu tanlovda qatnashishiga ruxsat berilmaydi).
Tanlovda ishtirok etadigan nomzodlarning soni cheklanmaydi va belgilangan kundan oldin yoki keyin murojaat etgan fuqarolar nomzodlar ro‘yxatiga kiritilmaydi.
Qo‘shimcha ma'lumotlarni hududiy ichki ishlar organlari hamda telegram ijtimoiy tarmog‘idagi @nomzod2020 manzili orqali olishingiz mumkin.
Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Kadrlar bilan ta'minlash bo‘limi