11 Oktyabr 2023 yil 2134

Ichki ishlar vazirligining tarkibiy va hududiy bo‘linmalari o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha “Vazir kubogi” musobaqasining mintaqaviy bosqichiga start berildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 30-oktyabrdagi PF-6099-son Farmoni, Vazirlar Mahkamasining “Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 19-noyabrdagi 735-son qarorlariga muvofiq shuningdek, ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan shaxsiy tarkib o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda jismoniy faollik tadbirlarini tizimli va samarali tashkil etish maqsadida Ichki ishlar vazirining 2023-yil 5-oktyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tarkibiy va hududiy bo‘linmalari o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha “Vazir kubogi” musobaqasini o‘tkazish to‘g‘risida” buyrug‘iga asosan, musobaqaning mintaqaviy “D” guruh bosqichiga start berildi.

Namangan viloyati IIB mezbonligida o‘tkazilayotgan mintaqaviy bosqichi Namangan Muhandislik-qurilish institutining “Voleybol”ga ixtisoslashtirilgan sport kompleksida o‘tkazilib, musobaqaga Andijon va Farg‘ona viloyat IIBlari, Qorovul qo‘shinlari qo‘mondonligi hamda IIV Akademiyasi terma jamoalari tashrif buyurishgan.

Musobaqaning mintaqaviy bosqichi o‘yinlarini adolatli, shaffof va odilona o‘tkazish maqsadida “Voleybol” federatsiyasining malakali hakamlar brigadasi jalb etilmoqda.

Jamoalar tomonidan, o‘z kuch va mahoratlarini namoyon qilgan holda, musobaqani yana-da qizg‘in va murosasiz o‘tishini bezab bormoqdalar.

Musobaqalar davom etmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech