16 May 2024 yil 8889

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor Baxodir Mirzaraximov Namangan viloyatida o‘rganishlar olib bormoqda

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor Baxodir Yuldashevich Mirzaraximov Namangan viloyatidagi o‘rganishlari davomida Namangan xalqaro aeroporti va Namangan temiryo‘l vokzalida bo‘lib, yo‘lovchilarga yaratilgan sharoitlar hamda xodimlarning xizmat faoliyatlari bilan tanishdi va ularga yo‘lovchilarni tinch hamda osoyishta manziliga yetkazish, hududida xavfsizlikni taʼminlash yuzasidan xodimlarga kerakli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Shuningdek, Namangan viloyati IIB jangovar va jismoniy tayyorgarlik bo‘limida bo‘lib, shaxsiy tarkibga yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi hamda "Afsonalar bog‘i"da xizmat olib borayotgan xodimlarga qo‘shimcha yo‘riqnomalar berildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech