Ishchi guruhning Pop tumanidagi o‘rganishlari davomida jinoyatlarning sodir etilishi sabablari muhokama qilindi
Bugun boshqarma boshlig‘i rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan Pop tumanidagi “qizil” toifadagi mahallalardagi o‘rganishlar ishlari davom etib, unda hududlarda sodir etilgan og‘ir va o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlarning kelib chiqish sabablari ham chuqur tahlil etildi.
Jumladan, tumanning “Guliston”, "Yuqori Chodakboshi" “Bog‘ishamol”, “Sohibkor” va “Navbahor” mahallalarida bo‘lib o‘tgan o‘rganishlarda, ushbu hududlarda xavfsiz muhitni shakllantirish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda aholi muammolariga samarali yechim topish borasida amalga oshirilgan ishlar, shuningdek, "Yuqori Chodakboshi" mahallasida sodir etilgan o‘ta og‘ir turdagi jinoyatning kelib chiqish sabablari mahalla yettiligi, masʼul xodimlar va jamoatchilik vakillari ishtirokida atroflicha muhokama qilindi.
Bundan tashqari, A-373 Toshkent—O‘sh avtomobil yo‘lining “Qo‘shminor” mahallasi hududida o‘tgan qismida tashkil etilgan "Hushyorlik maskani" va u yerda xizmat olib boruvchi xodimlarning faoliyati bilan ham yaqindan tanishilib, xizmatga jalb etilgan xodimlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
O‘rganishlar davomida boshqarma boshlig‘i tomonidan hududlarda jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklar profilaktikasi va PQ-1-son Qarori ijrosi yuzasidan yetarlicha ishlar tashkil etilmaganligi tanqid qilinib, kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan rahbar hamda xodimlar qatʼiy ogohlantirildi hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati