2 May 2025 yil 449

Ishchi guruhning navbatdagi o‘rganishlari Yangi Namangan va To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “qizil” toifadagi mahallalarida davom etmoqda

Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan viloyat hududi bo‘ylab “qizil” toifadagi mahallalarning faoliyati o‘rganilib, jinoyatlarning sodir sodir etilishi sabablari chuqur tahlil qilinmoqda va amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.

Bugun boshqarma ishchi guruhining navbatdagi o‘rganish manzili  Yangi Namangan tumanining “Maʼnaviyat” va "Beruniy",  To‘raqo‘rg‘on tumanining "Isvaxon" mahallasida bo‘lib, ushbu hududlarning kriminogen vaziyati va jinoyatchilik ahvoli mahalla yettiligi va biriktirilgan masʼul xodimlar ishtirokida tanqidiy ruhda muhokama qilindi.

O‘rganishlar davomida ushbu mahallalarning “qizil” toifaga kiritilishi sabablari aniq tahlil qilinib, kelgusida bunday salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish yuzasidan tegishli chora tadbirlarni belgilash bo‘yicha masʼul xodimlar zimmasiga tegishli vazifalar yuklatildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech