2 May 2025 yil 575

Ishchi guruh Norin va Uychi tumanlarining “qizil” toifadagi mahallalarida o‘rganish ishlarini olib bordi

Viloyat IIB ishchi guruhi tomonidan joriy yilning birinchi choragi davomida “qizil” toifaga kiritilgan mahallalarda jinoyatchilikning oldini olish va xavfsiz muhitni shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar o‘rganilib, yettilik va mahallaga biriktirilgan tuman hokimi, davlat soliq inspeksiyasi boshliqlari hamda boshqa masʼul xodimlarning faoliyati tahlil qilinmoqda.

Xususan, bugun Namangan viloyati IIB rahbariyati boshchiligidagi ishchi guruh Norin tumanining “Do‘stlik” va Uychi tumanining “Bog‘” hamda “Mevazor” mahallalarida bo‘lib, mahalla yettiligining jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, aholi muammolarini hal etish va ularning bandligini taʼminlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari, shu bilan birga, “qizil” toifaga kiritilishi sabablari atroflicha muhokama qilindi.

Muhokamada, jinoyatchilikning oldini olishga masʼul bo‘lgan xodimlar tomonidan mahallalardagi kriminogen vaziyat yetarlicha o‘rganilmaganligi va manzilli ishlar tashkil etilmaganligi keskin tanqid qilinib, kelgusida bu boradagi ishlarni jadallashtirish hamda "Yo‘l xaritasi"da belgilangan topshiriqlarni ijrosini to‘liq taʼminlash bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Namangan viloyati IIB Axborort xizmati

Text to speech