25 Noyabr 2021 yil 383

Huquqbuzar o‘quvchi

2021 yil 22 noyabr' kuni, Chust tumanida yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 20 noyabr' kuniga o‘tar kechasi noma'lum shaxs, Chust tumanida joylashgan markaziy dehqon bozori oldidagi telefon apparatlarini ta'mirlash ustaxonasiga eshikni buzish yo‘li bilan kirib, ustaxonada bo‘lgan 50 AQSh dollari, 2.570.000 so‘m pullarini va bir dona narxi 1.300.000 so‘mlik “Realme” rusumli uyali telefon apparatini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Chust tuman IIB JQB tezkor vakillari va TB tergovchisi hamda EKG ekspertlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Chust tumanida yashovchi, tumandagi maktabning 9-sinf o‘quvchisi, 2006 yilda tug‘ilgan bola sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Chukst tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 22 noyabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech